
Joriy yilning 11-may kuni Xorazm viloyatining Urganch tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun “Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar treningi tashkil etildi. Ushbu o‘quv-amaliy seminarida maktab psixologlariga voyaga yetmaganlar o‘rtasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish bo‘yicha ishlashda psixolog va o‘qituvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar, o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlari va deviant va adekvat xatti-harakatlar to‘g‘risida tushinchalar berilib oʻtildi